Murod Irmatov 14-may kuni Toshkent shahar hokimligi “Binolardan foydalanish departamenti” Davlat unitar korxonasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda hokimlikning Telegram’dagi kanali orqali ma’lum qilindi.
Bunga qadar u Akfa kompaniyasida ko‘chmas mulk bo‘yicha mutaxassis bo‘lib ishlagan.
Irmatov Murod Abdukaxarovich 1980-yili Toshkent viloyati, Qibray tumanida tug‘ilgan. Toshkent iqtisodiyot universitetini 2004-yilda tamomlagan. U 2011–2017-yillarda “Ko‘chmas mulk savdo xizmati” MChJ bosh direktori lavozimida ishlagan.
Izoh (0)