Rossiyaning “Zenit” jamoasi sobiq bosh murabbiyi Roberto Manchini kecha, 14-may kuni rasman Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi, deb yozadi “Sports.ru”.
Manchini klub bilan 2 yillik shartnomasi borligiga qaramay, “Zenit”ni tark etgan edi. Italiya futbol federatsiyasi mutaxassis bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
Roberto bugun, 15-may kuni bo‘lib o‘tadigan press-konferensiyada terma jamoa bosh murabbiyi sifatida jurnalistlarga tanishtiriladi.
Izoh (0)