15-may kuni AQSh hukumatining “Grin kard” yoki “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi” lotereyasi natijalari e’lon qilindi, deb yozadi UZ24.

Foto: UZ24

Chikago (AQSh)da “Grin-kard” natijalarini 15-may kuni ertalab 11:00 dan, Nyu-Yorkda 12:00 dan, Toshkentda 21:00 dan boshlab tekshirish mumkin.

Qatnashchilar o‘zlarining arizalari ro‘yxatga olinganini tasdiqlovchi qog‘ozlaridan foydalanib, natijalarni https://www.dvlottery.state.gov/ saytiga kirib, ro‘yxatdan o‘tganlik haqidagi raqam (kod), familiya va tug‘ilgan yili haqidagi ma’lumotlarni kiritish orqali tekshirishi mumkin.

DV-2019 uchun elektron ariza topshirish davri 2017-yil 18-oktabrda boshlanib 2017-yil 22-noyabrda tugagan edi.