O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-may kuni Paragvay Prezidenti Orasio Manuel Kartes Xarani mamlakat Mustaqilligi kuni bilan qutladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Paragvay 1811-yil 15-may kuni Ispaniyadan mustaqil bo‘lgan. Shundan buyon mamlakatda har yili 14–15-may kunlari mustaqillik bayrami sifatida nishonlab kelinadi.
Izoh (0)