O‘zbekistondagi avtomobil yo‘llarida 7—13-may kunlari 164 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etildi. Ular oqibatida 164 kishi jabrlandi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi O‘zA.
O‘tgan hafta davomida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 83361ta qoidabuzarlik aniqlandi. Jumladan, 1730 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan, 14171 holatda belgilangan tezlik talabi buzilgan, 891 nafar haydovchi svetofor va chorrahalardan o‘tish qoidasiga amal qilmagan.
Yo‘lovchi tashish qoidasini buzgan 11158, transport vositasining oynalarini me’yoridan ortiqcha qoraytirgan 343, harakat vaqtida telefondan foydalangan 772 va xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlangan 14852 haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli choralar ko‘rildi.
Izoh (0)