7-may,dushanba kuni Litva tashqi ishlar vaziri Linas Antanas Linkyavichus boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining rasmiy sayti xabar berdi.
Vazirliklar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillarining davra suhbatida ishtirok etish tashrif dasturidan o‘rin olgan.
Izoh (0)