Jurnalistlar uyushmasi “Yilning eng faol jurnalisti” tanlovini e’lon qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
“Hurmatli hamkasblar! O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi sizlarni ‘Yilning eng faol jurnalisti’ tanlovida qatnashishga taklif etadi”, — deyiladi xabarnomada.
Tanlovga 2017-yilning 1-iyunidan 2018-yilning 1-iyunigacha gazeta va jurnallarda, internet nashrlarida e’lon qilingan materiallar, efirga uzatilgan teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar qabul qilinadi.
Materiallar tanlovga tahririyatlar tavsiyasi bilan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘limlari orqali joriy yilning 5-iyunigacha muallifning ish joyi, telefoni, manzili haqidagi ma’lumotlar va pasport nusxasi ilova qilingan holda taqdim etilishi lozim.
“Yilning eng faol jurnalisti” tanlovi g‘oliblari va sovrindorlariga diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlab 27-iyunda o‘tkaziladigan bayram tadbirida topshiriladi.
Izoh (0)