7-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. “Bu yerdan tirik chiqqanimdan mamnunman”. Bobomurod Abdullayev sud zalidan ozod qilindi. Sud Davlat xavfsizlik xizmatini tergovdagi xatoliklarga e’tibor qaratishga chaqirdi.
2. Putin to‘rtinchi bor Rossiya prezidenti lavozimini egalladi. U inauguratsiya marosimiga Rossiyada ishlab chiqarilgan yangi limuzinda keldi.
3. O‘zbekistonda dollar kursi salkam 9 so‘mga pasaydi. Kurs, o‘n haftalik pasayishdan so‘ng, o‘tgan hafta 3 tiyinga o‘sgan edi. Endi bo‘lsa 2017-yil sentabridan beri birinchi marta 8060 so‘mdan ham pastladi.
4. 20 yil xorijda ishlagan mutaxassis O‘zbekistonga qaytib, vazir o‘rinbosari sifatida faoliyat boshladi. 1975-yili Toshkentda tug‘ilgan Otabek Nazirov bunga qadar Londonda, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankida sanoat sektoriga investitsiyalarni kiritish bo‘limining bosh hududiy bankiri lavozimida ishlab kelayotgandi.
5. Sergeli yarmarkasining taqdiri 9-maydan so‘ng hal etiladi. “Sergeli tumani hokimi Toshkent shahar hokimini vaziyat bilan tanishib ko‘rish uchun bu yerga tashrif buyurishni so‘radi. Bu jiddiy masala. Bayram o‘tib olsin, boramiz va muammoni joyida hal etamiz”.
6. Toshkent hokimligi “O‘lmas polk” aksiyasini o‘tkazish o‘rniga, faxriylarni yo‘qlab borishni taklif qildi. Shahar hokimligi vakillarining fikricha, bu “ularga portretlarni ko‘tarib, ko‘cha namoyishlarini o‘tkazishdan ko‘ra ko‘proq foyda va quvonch keltiradi”.
Izoh (0)