6-may kuni Chorvoq suv ombori yaqinida varraklar festivali bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “MyTashkent.uz”.
Ta’kidlanishicha, ushbu festivalda ishtirok etish uchun Toshkent shahriga tashrif buyurgan fuqarolarning soni 500 nafarga yaqinlashgan.
“Odamlar varraklarni bir necha ming yillardan buyon uchirib keladi. Festivalni o‘tkazishimizga Tokioda varraklarga bag‘ishlangan muzeyning ochilgani turtki bo‘ldi. 5-may kuni Yaponiyada ushbu bayram katta tantana bilan nishonlanadi. U yerdagi varraklarning o‘lchami juda katta va murakkab. Festivalni o‘tkazishdan maqsad odamlarga maroqli hordiq ulashish”, — deydi festivalning asosiy tashkilotchilaridan biri Saodat Muratxo‘jayeva.
Izoh (0)