AQShning Arizona shtati Chandler shahrida 4 may kuni haydovchisiz harakatlanuvchi Waymo avtomobili Honda bilan to‘qnashib ketdi, deya xabar bermoqda “vc.ru”.
Politsiyachilarning so‘zlariga ko‘ra, Honda haydovchisi Waymo avtomobilidan o‘zini olib qochishi kerak bo‘lgan, biroq yo‘nalishini o‘zgartirmay, past tezlikda harakatlanib ketayotgan haydovchisiz minivenga borib urilgan.
Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, to‘qnashuv oqibatida Honda haydovchisi va Waymo yo‘lovchisi yengil tan jarohati olgan.