“Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali orqali ma’lum qilindi.
Qarorga muvofiq:
Boysun tumanida Omonxona qishlog‘i, Zovboshi tog‘li hududi, Darband qishlog‘i hududlarini o‘z ichiga olgan — Boysun kichik turizm zonasi;
Sariosiyo va Uzun tumanlarida Xonjiza tog‘ tizmalari yon bag‘irlarida hamda Sariosiyo tumani Sangar dak qishlog‘i hududlarida — Sariosiyo kichik turizm zonasini;
Sherobod tumani Shalqon qishlog‘i, Xo‘jaikon tuz koni hududlarida hamda hududdagi mevali bog‘larni o‘z ichiga olgan — Sherobod kichik turizm zonasini tashkil etiladi hamda ularda zamonaviy mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va turizm ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa obyektlar quriladi.
Izoh (0)