Video ultrabinafsha diapozonining yorug‘ligi yordamida tasvirga olingan, shuning uchun Quyosh boshqacha tusda ko‘ringan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
NASA Quyosh magnit maydonining faolligi aks etgan qisqa videoni taqdim qildi. Unda Quyosh havorang bo‘lib ko‘ringan, negaki tasvirga olishda ultrabinafsha diapozonining yorug‘ligidan foydalanilgan. Magnit maydonidagi kuchlanish chiziqlarining yoylari ham videoda aks etgan.
Video aprel oyining so‘nggida Quyosh dinamikasi observatoriyasining (SDO) yo‘ldoshi tomonidan tasvirga olingan.
Izoh (0)