O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan 70 dan ziyod bosma ommaviy axborot vositalari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga Matbuot va axborot agentligi xabar qildi.
Davra suhbati ommaviy axborot vositalarining huquqiy asoslariga bag’ishlandi. Shahar matbuot boshqarmasi tomonidan so‘nggi bir yil ichida tahririyatlarga ellikdan ortiq ko‘rsatma xatlari yuborilgani ta’kidlandi. Qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygani uchun “Xorosheye nastroyeniye” gazetasi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining qaroriga muvofiq tugatilgani aytib o‘tildi.
Izoh (0)