AQShning Xerox kompaniyasi top-menejerlari iste’foga chiqadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Aytilishicha, o‘z lavozimlarini bosh direktor Jeff Jeykobson, direktorlar kengashi raisi Robert Kigan hamda boshqaruvning yana besh a’zosi tark etadi.
Ta’kidlanishicha, bu qarorning qabul qilinishiga kompaniyaning ikki eng yirik aksiyadori — Karl Aykan va Darvin Disonlarning bosimi sabab bo‘lgan.
Bu ikkovi kompaniya aksiyalarining 15,2 foiziga egalik qiladi.
Ayni paytda Xerox’ning Fujifilm kompaniyasi bilan birlashish jarayoni davom etmoqda.
Izoh (0)