“Azon.uz” axborot-tahliliy portali o‘z o‘quvchilaridan birining “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufdan keyin o‘rinlariga bay’at qilish mumkin bo‘lgan pir bormi?” — degan savoliga javob berdi.
“Tariqat yo‘liga kirmoqchi edim. Hozirgi kunda ko‘p pirlarni maslahat berishdi, lekin ularning shariatga to‘g‘ri kelmaydigan gaplari bor ekanligini eshitib, ikkilanib turibman. Marhum shayximiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ‘Tasavvuf haqida tasavvur’ kitoblarini o‘qiganimdan keyin bunga amin ham bo‘ldim.
Eshitishim bo‘yicha, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari ham Naqshbandiya tariqati piri bo‘lgan ekanlar. Savolim shuki, u kishidan keyin o‘rinlariga bay’at qilish mumkin bo‘lgan pir bormi? Yoki siz bilgan shariatga qarab ish tutadigan shayxlar bor bo‘lsa, maslahat bersangiz juda minnatdor bo‘lar edim”, — deyiladi nashr mushtariysining xatida.
Portal unga quyidagicha javob bergan:
“O‘zingiz ‘qo‘l beradigan’ murshid Qur’on va Sunnatga amal qiladigan, hayotini shariatga muvofiq o‘tkazadigan bo‘lishi shart. Siz bu to‘g‘rida ikkilanib to‘g‘ri qilgansiz, juda diqqatli bo‘lish kerak.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh hazratlari garchi tasavvuf ustozi ham bo‘lsalar-da, birovni bu o‘ringa tavsiya qilganlaridan xabarimiz yo‘q.
Ammo diyorimizda Naqshbandiya tariqati murshidlariga muntasib bo‘lgan ahli ilmlar bor”.
Izoh (0)