Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tuluza shahrida joylashgan Fransuz Milliy politexnika instituti samolyotda uchishdan qo‘rqadiganlar uchun maxsus moslama yaratdi. Bu haqda Ouest France gazetasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Parvozlardan qo‘rqadigan kishilar uchun yaratilgan qurilma tashqi ko‘rinishidan mikrofonli naushniklarni eslatadi.

Ishlab chiqaruvchilar musiqa va yoqimli hidlarning odamga tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishini e’tiborga olgan. Shuning uchun ular odatiy mikrofonli naushniklarning ko‘rinishini andoza qilib olgan. Biroq aslida hech qanday mikrofon yo‘q – moslamaning bu qismi yoqimli, tinchlantiruvchi iforlarni taratishga xizmat qiladi.

Bunday yechim tanlanganining sababi shundan iboratki, agar hidli moddalar butun samolyot bo‘ylab taratilsa, ularga allergiyasi bor kishilar topilishi mumkin. Qurilmaning bu qismini yaratishda ishlab chiqaruvchilar yana bir qiyinchilikka duch kelgan: hid taratuvchi moddalarning barchasi yuqori konsntratsiyaga ega bo‘lib, bu holatda ularni odamning yuziga yaqin keltirib bo‘lmaydi. Shuning uchun bu moddalar zamonaviy printer yordamida ingichka tolalar holiga keltiriladi. Tolalar shisha naycha ichiga joylanib, yo‘lovchi o’rindig’ining qo‘llar qo‘yiladigan joyiga o‘rnatiladi. Naushniklar ko’rinishidan oddiydek ko‘rinsa-da, aslida ichiga maxsus simlar o‘rnatilgan bo’lib, ular orqali o‘tgan mini-ventilyator o‘zidan ifor taratadi.

Yalpiz, moychechak yoki apelsin daraxti hidlaridan bittasini tanlash mumkin. Moslamaning ifor taratuvchi qismi gigiyena nuqtayi nazaridan har parvoz oldidan yangilanadi.

Moslama, avvalambor, yo‘lovchi qo‘rquv his qiladigan paytlar – samolyotning havoga ko‘tarilish va qo‘nish vaqtida foydalanishga mo‘ljallangan. 10 daqiqa oldin yoqish tavsiya qilinadi.

Aerofobiya, ya’ni parvozdan qo‘rqish kasalligi biz o‘ylaganimizdan ancha keng tarqalgan. Havo transporti xalqaro assotsiatsiyasi ma’lumotlariga qaraganda, bu kasallikdan jami aviayo‘lovchilarning 20 foizi aziyat chekadi (bularning to‘rtdan uch qismi – erkaklar). Shuning uchun fransuz ishlab chiqaruvchilari yaratgan bu ixtironing kelajagi bor, deyish mumkin. Moslamaning taxminiy narxi – 50 yevro.

Ixtironing rasmiy taqdimoti iyul oyida Tuluzada bo‘lib o‘tadi, negaki aynan o‘sha yerda fan, innovatsiyalar va ularning jamoatchilik hayotiga ta’siriga bag’ishlangan xalqaro forum (Euro Science Open Forum) bo‘lib o‘tadi. Yaqin kelajakda qurilma tinchlantiruvchi tasvirlar uzatuvchi virtual reallik ko‘zoynaklari bilan to‘ldirilish ehtimollari mavjud. Ishlab chiqaruvchilar ixtironi birinchi bo‘lib Airbus konserniga taqdim qilishi kutilmoqda.

Ixtiro C2AO deb nomlandi (“naushnik” (casque), “aero”, “аudiо” i “xushbo‘y” so‘zlarining birinchi harflaridan olingan). Qurilmani ishlab chiqarish 2 yildan so‘ng yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Tuluza politexnika instituti har yili kamida 10 ta ixtiro taqdim etadi va mijozlar bilan 450 ga yaqin shartnoma imzolaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on telefon orqali muloqot qildi