Eron sud organlari Telegram messenjerini bloklash haqida qaror qabul qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, messenjer ustidan fuqarolar bir necha marotaba shikoyat qilgan, messenjer vakillari esa Eron qonunchiligiga rioya etmagan.
Hukmda aytilishicha, mazkur holat Telegram’ni xalqaro terrorchilar uchun “ishonchli boshpana”ga aylantiradi.
Izoh (0)