Rossiyaning Novosibirsk shahrida O‘zbekiston fuqarosi ishtirokida ko‘ngilsiz voqea ro‘y berdi. Bu haqda Sputnik xabar qildi.
Novosibirskning Zayelsovsk tumani prokurori yordamchisi Artyom Xomenkoga ko‘ra, yalang‘och erkak bir kvartiraga bostirib kirib, u yerdagi odamlarni garovga olgan, so‘ng konsul va prokuror bilan uchrashuv tashkil etilishini talab qilgan.
Muhojirning aytishicha, u Rossiyaga Toshkentdan kelgan, qurilishda ishlagan, ammo, obyekt egalari bilan janjallashib, ko‘chada qolib ketgan. Shundan so‘ng erkak joniga qasd qilish qaroriga kelgan.
U ko‘p qavatli uy tomiga chiqib, yechingan, ammo shu payt joniga qasd qilish fikridan qaytgan. Buning o‘rniga u bir kvartiraga bostirib kirib, u yerda yashovchi ona va o‘g‘ilni garovga olgan.
U shu yo‘l bilan deportatsiyaga erishmoqchi edi. Ammo u qo‘lga olindi va endilikda javobgarlikka tortiladi.
Izoh (0)