Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasida O‘zbekiston va Xitoy munosabatlarining holati va ularning rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi 2-bosqich tinglovchilari ishtirok etdi, deb xabar beradi O‘zA.
Ishtirokchilar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.
Seminarda mamlakatdagi tashqi siyosatning yangi yo‘nalishlari — strategik sherik mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlarni ta’minlash, dengiz yo‘llariga chiqishda muhim ahamiyatga ega davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash, xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Ishtirokchilar O‘zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan imkoniyatlar, taklif etilayotgan xizmatlarga oid ko‘plab ma’lumotlar bilan tanishdi.
Seminar davomida O‘zbekistonning sayyohlik brendini ommalashtirish, turistik xizmatlarni jahon bozorlariga chiqarish maqsadida “O‘zbekiston haqida nimalarni bilasiz?” nomli tanlov o‘tkazildi.
Izoh (0)