NASA turfa rangli Saturn halqasining suratini e’lon qildi. Mazkur halqa Tomas Pinchonning 1973-yildagi romani sharafiga “Yerning tortishish kuchi kamalagi” nomini olgan, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.Ru.
Surat sayyoralararo Kassini stansiyasining keng burchakli kamerasi yordamida olingan bo‘lib, u o‘z ichiga filtrlangan qizil, yashil va ko‘k tasvirlarni oladi. Ushbu sun’iy yo‘ldosh NASA, ESA va Italiyaning ASI kosmik agentligi yordamida yaratilgan. Qurilma o‘z ishini 2017-yilning 15-sentabrida yakunlagan edi, u Yer bilan aloqani yo‘qotib qo‘yib, Saturn sayyorasining ichki halqasi va atmosferasidan o‘tgandi.
Izoh (0)