Evos tez ovqatlanish kafelari tarmog‘i oshpazlari 30 metr uzunlikdagi lavash tayyorlab, o‘zlari o‘rnatgan rekordni yangilashni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Podrobno.uz”.
28-aprel kuni Next savdo markazi favvorasi yonida ajoyib tadbir o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Unda Evos tez ovqatlanish kafelari tarmog‘ining 60 nafar oshpazi 30 metrlik lavash tayyorlaydi. O‘tgan yili ular tomonidan tayyorlangan lavashning uzunligi 17 metrni tashkil etgan edi.
“Rekord”ni tayyorlash Evos tarmog‘ining yangi filiali ochilishiga bag‘ishlangan va tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, buning uchun 22 kilogramm go‘sht, o‘n kilogrammdan bodring va pomidor, 15 litrga yaqin maxsus sous sarflanadi.
Tadbirning musiqiy bezagini Qozog‘istondan taklif etilgan Sahar guruhi va uning yakkaxon xonandasi Anvar Jo‘rayev ta’minlaydi.
Tayyor bo‘lgan gigant lavash tadbirda hozir bo‘lganlarga tarqatiladi.
Izoh (0)