Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xorazm viloyati Urganch tumanidagi G‘oybu qishlog‘ida joylashgan “Shirintoy” bolalar bog‘chasiga Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning tashrifi arafasida ikkita poni oti olib kelindi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati

Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati

Endilikda ushbu bog‘chada tarbiyalanayotgan bolalar ippoterapiya ya’ni ot ustida yurish orqali fizioterapiya muolajasini olishlari mumkin bo‘ladi.

“Psixologiya nuqtai nazaridan ot bilan aloqa insonda ijobiy hissiyot uyg‘otadi. Uning baquvvat bo‘lishiga ko‘maklashadi”, — deyiladi xabarda.

“Shirintoy” bolalar bog‘chasidagi oltita guruhda 120 nafar tarbiyalanuvchi bo‘lib, unda sport, rus va ingliz tillari bo‘yicha guruhlar mavjud.

Mahalliy aholi vakillari takliflariga ko‘ra, maktabgacha ta’lim muassasasida yana ikkita qisqa muddatli tayyorlov guruhlari ochildi va hozirda ularda 50 nafar bola tarbiyalanmoqda.

Bolalar bog‘chasi 2,6 milliard so‘m miqdoridagi investitsiyalar hisobiga barpo etildi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi Agrippina Shin bog‘chada bolalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va ta’lim jarayoni bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qozog‘iston poytaxtida namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonda YPX xodimi radar o‘rnatilgan mashinasida taksichilik qilgani aytilmoqda (video)
Sport
Iskandarov — eng yaxshi futbolchi, Kapadze — eng yaxshi murabbiy. O‘zbek futbolida 2022-yilning eng yaxshilari aniqlangan marosimdan fotoreportaj