Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delegatsiyaning Pokistonga tashrifi yakunlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

Foto: Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

Safar chog‘ida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi, moliya va iqtisodiy aloqalar, tashqi ishlar, tijorat va to‘qimachilik sanoati vazirliklarida muzokaralar o‘tkazilib, turli sohalarda kelishuv va bitimlar imzolandi. Islomobod shahrida O‘zbekiston — Pokiston ishbilarmonlari kengashi vakolatxonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ravalpindi Savdo-sanoat palatasi hamda Pokiston — O‘zbekiston savdo va madaniyat markazi bilan hamkorlika ikkita biznes-forum o‘tkazildi. Mazkur tadbirlarda Pokistonning 170 dan ortiq kompaniyasi qatnashdi.

“O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan texnika Yevropadagi muqobillaridan qolishmasligi barobarida narxi ham qulay. Bugungi kunda Pokistonning birgina traktorlarga bo‘lgan ehtiyoji yiliga 20 ming donani tashkil etadi. Biz o‘zbek texnikalarini olib kelish va Pokiston hududida yig‘ishni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdormiz”, — dedi Pokiston qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi vaziri S. Bosan.

Foto: Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

Foto: Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

O‘tkazilgan muzokaralar yakunida farmatsevtika, charm mahsulotlari ishlab chiqarish va turizm sohasida umumiy qiymati 35,5 million dollarga teng investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha bitimlar imzolandi. Shuningdek, Pokistonga dukkakli va quritilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, to‘qimachilik, charm va neft-kimyo mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha 8,7 million dollarlik kelishuvlarga erishildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)