Jizzax viloyati, Mirzacho‘l tumani IIB ga 22-aprel kuni yirik miqdordagi firibgarlik holati yuzasidan murojaat kelib tushdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2017-yil 5-sentabr kuni G‘allaorol tumanida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan R.S. tanishi S.E. ga jiyanini Jizzax politexnika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, ishonchiga kirib, undan 25 million so‘m oladi. Biroq, bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi.
R.S. qo‘lga olindi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)