“Katta yettilik” mamlakatlari — Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va AQSh tashqi ishlar vazirlari Torontodagi ikki kunlik sammit yakunlari bo‘yicha qabul qilgan bayonotida Rossiyani “mas’uliyatsiz va beqarorlashtiruvchi xatti-harakatda” aybladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“Biz qoidalarga asoslangan xalqaro tizimni ilgari surish va himoya qilishga sodiqmiz. Rossiyaning mas’uliyatsiz va beqarorlashtiruvchi xatti-harakati, shu jumladan, mamlakatlar demokratik tizimlariga aralashuvi bunga zid. Rossiyani konstruktiv hamkorlik istiqbollariga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bunday xatti-harakatlarni to‘xtatishga chaqiramiz”, — deyiladi qo‘shma bayonotda.
G7 mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari parallel ravishda Rossiyani o‘z xalqaro majburiyatlari, jumladan, BMT Xavfsizlik kengashi doimiy a’zosi sifatidagi majburiyatlarini bajarishga chaqirdi.
“Shunga qaramasdan, mintaqaviy inqirozlar va global muammolarni hal etishda Rossiya bilan hamkorlikni davom ettiramiz”, — deyiladi bayonotda
Izoh (0)