Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Rossiyada taqiqlangan Milliy bolsheviklar partiyasining 24 nafar a’zosiga jami 300 ming yevro to‘lash haqida hukm chiqardi. Ular prezident ma’muriyatidagi norozilik aksiyasi uchun hukm qilingan edi, deb yozadi “Vedomosti”.
2004-yilning dekabrida Milliy bolsheviklar partiyasining 39 nafar a’zosi prezident ma’muriyati qabulining kabinetlaridan birini egallab olib, derazaga partiya bayrog‘i va “Putin, o‘zing ket!” shiorini ilib qo‘ygan edi. Ular bino atrofiga uning iste’fosini talab qilgan varaqalarni sochib chiqqan va prezident bilan uchrashuvni talab qilgan. Partiya a’zolari 1,5 soatdan so‘ng qo‘lga olingan. 2005-yilning dekabrida sud ulardan ko‘pchiligini 1,5—3 yillik shartli jazoga hukm qilgan, biroq ulardan sakkiz nafari real muddatlarga hukm qilingan.
Arizachilar Yevropa sudidan bir million yevro tovon puli talab qilgan, biroq u har biri uchun 12 500 yevrogacha kamaytirilgan.
Izoh (0)