Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

22-aprel kuni Armaniston poytaxti Yerevanda 17-aprel kuni bosh vazir etib saylangan mamlakat sobiq prezidenti Serj Sargsyanga qarshi miting bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Meduza.

Foto: Xinhua

Foto: Xinhua

Politsiya hisob-kitoblariga ko‘ra, unda 35 ming, muxolifat hisob-kitobi bo‘yicha esa — 160 ming kishi qatnashdi. Ushbu miting namoyishchilar iqtisodiyotni samarasiz tarzda boshqarishda ayblayotgan Sargsyanga qarshi aksiyaning o‘n kuni mobaynidagi eng ommaviysi bo‘ldi.

Bosh vazirga qarshi aksiyaga parlament deputati, “Yelk” muxolifat fraksiyasi rahbari Nikol Pashinyan boshchilik qildi. 22-aprel kuni Sargsyan bilan muvaffaqiyatsiz muzokaralardan so‘ng u politsiya tomonidan qo‘lga olingan va noqonuniy ommaviy yig‘inlarni tashkillashtirishda ayblangan edi. Pashinyan hibsga olinganidan keyin Yerevandagi namoyishlar ko‘lami yanada ortdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)