Rossiya prezidenti Ispaniyada sud qilingan “rus mafiyasi” faoliyatiga aloqador bo‘lishi mumkin, deb yozadi Tengrinews.
Ispaniya milliy sud palatasida 19-fevral kuni salkam 10 yildan buyon tergov qilinayotgan rossiyalik fuqarolarning Ispaniyada “pul yuvish”iga aloqador jarayon — “rus mafiyasining ishi”ni ko‘rib chiqish boshlangandi.
18 nafar sudlanuvchiga prokuratura ayblov e’lon qilgan. Sudlanuvchilar orasida Rossiya Davlat dumasi deputati Vladislav Reznik ham bor. Prokuraturaning ayblov xulosasida 27 nafar odamning familiyasi keltirilgan.
Prokuraturaning hisoblashicha, 1996-yilda Rossiya fuqarolari Ispaniyada ko‘chmas mulk sotib olib “pul yuvish” sxemasini yaratgan.
Sud ishi chog‘ida asosiy gumondor Gennadiy Petrovning telefon suhbatlari taqdim etildi, ularga qaraganda, “rus mafiyasi” a’zolariga muammolarni hal qilishda nafaqat mansabdorlar va ichki ishlar organlari xodimlari, balki shaxsan Putin ham yordam bergan.
Audioyozuvlarda Rossiya prezidentining ism-sharifi to‘g‘ridan to‘g‘ri tilga olinmagan, ammo ispaniyalik tergovchilar fikricha, suhbat ishtirokchilari ba’zi shartli iboralari bilan aynan Putinni nazarda tutgan.
Shov-shuvli ish bo‘yicha hukm chiqarishga bir necha oy vaqt ketishi mumkin. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, sud ish bo‘yicha hukmni iyunda o‘qib eshittiradi.
Izoh (0)