Turkiya Millat Majlisi 24-iyun kuni navbatdan tashqari prezident va parlament saylovlarining o‘tkazilishini ma’qulladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Tegishli qonun loyihasini 450 parlamentariydan 386 nafari qo‘llab-quvvatladi.
Oldinroq Rajab Toyyib Erdo‘g‘on muddatdan ilgari prezidentlik saylovi uyushtirish mamlakatni imkon qadar tezroq prezidentlik boshqaruvi tizimiga o‘tkazish uchun zarurligini ta’kidlagan edi.
Izoh (0)