Suriya armiyasi Rossiyada ishlab chiqarilgan HHM komplekslarini namoyish etdi
Suriya mudofaa vazirligi armiya ixtiyoridagi havo hujumidan mudofaaning eng yangi vositalarini namoyish etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Namunalar orasida rus uchirish moduli “Strelets” namoyish etilgan. U yer, havo va suvdagi eltuvchisiga ega bo‘lgan “Igla” yoki “Igla-S” raketalarini uchirish uchun mo‘ljallangan.
Bundan tashqari, rolikda “Pansir-S” raketa uchirish kompleksi, “Buk-M2E” zenit raketa kompleksi va havo hujumidan mudofaaning boshqa namunalari ko‘rsatilgan.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar