Shvetsiyada dunyodagi birinchi elektrlashtirilgan avtomobil yo‘li ochildi. Tijoriy va yengil elektromobillar yo‘lda harakatlanish chog‘ida quvvatlanishi mumkin. “Korrespondent.net” mazkur yangilikka e’tibor qaratdi.
Yo‘l qismi Rozersbergdagi uzelni Stokgolm-Arlanda aeroportining yuk terminali bilan bog‘laydi. Elektrlashtirilgan yo‘lda eRoadArlanda loyihasi doirasida yaratilgan maxsus elektr yuk mashinalaridan foydalaniladi.
Yo‘l qoplamasiga kontakt relslar o‘rnatilgan, ularga avtomobilning akkumulyatoriga quvvat jo‘natuvchi qurilmalar ulanadi. Avtomobli trassadan chiqib ketganda, qurilma avtomatik tarzda uziladi. Elektr toki elektrokar relsga ulangan vaqtdagina beriladi.
Izoh (0)