Bir oy avval Toshkent shahar IIBB YHXB o‘z saytini ishga tushirgandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Mazkur saytga poytaxt haydovchilari o‘z avtomashinalari videoregistratorlari orqali tasvirga tushirilgan boshqa haydovchilarning qoidabuzarliklarini jo‘natmoqda.
Videoga muhrlangan tasvir YXHBning ishchi guruhi tomonidan o‘rganilib, haydovchilar jarimaga tortilmoqda.
Qoidabuzarlarga befarq bo‘lmagan haydovchilar 36 kun ichida — 5-martdan 11-aprelga qadar 261 ta videotasvir yubordi.
Ular o‘rganilib, qoidabuzar haydovchilarni jarimaga tortilishi natijasida davlat budjetiga 163 million so‘m kelib tushdi.
Izoh (0)