O‘zbekiston va Yevropol 2019-yilda strategik hamkorlik haqidagi kelishuvni imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali xabar berdi, deb yozadi “Sputnik O‘zbekiston”.
“O‘zbekistonni 2019-yilgi ustuvor vazifalar ro‘yxatiga kiritish haqidagi kelishuvga erishildi, bu tomonlarga strategik hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni imzolash imkonini beradi”, — deyiladi xabarda.
“Tomonlar kadrlar tayyorlash, huquq-tartibot organlari vakillari treninglarini o‘tkazish, tajriba va axborot almashish masalalari bo‘yicha tizimli o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish haqidagi kelishuvga erishdi”, — deya ta’kidlaydi telekanal.
Izoh (0)