O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-aprel kuni Sirdaryo viloyatida tashrif bilan bo‘ldi. Tashrif yakunida Sayxunobod tumanida Prezident raisligida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident uning hududlarga tashrifi arafasida uyushtiriladigan ko‘zbo‘yamachiliklar, shuningdek, Samarqandga tashrifi arafasida ko‘cha tozalashga olib chiqilgan o‘qituvchining o‘limi holatlariga ham to‘xtalib, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov 14-aprel kuni Facebook’dagi sahifasida yig‘ilishdan videoparcha e’lon qildi.