• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident mahalliylashtirishdagi ko‘zbo‘yamachilik haqida gapirgan edi. U — issiqxonalar, tomlar, bolalar maydonchalarida ham bor

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-mart kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif arafasida, 14-mart kuni Kattaqo‘rg‘on tumanida ko‘cha tozalash ishlariga jalb qilingan 23 yoshli o‘qituvchi Diana Yenekeyeva avtohalokat oqibatida qurbon bo‘ldi. Hodisa munosabati bilan mahalliy OAV Prezidentga murojaatlar e’lon qildi — “Xabar.uz” Prezidentdan uning tashriflari arafasida boshlanadigan obodonlashtirish ishlariga o‘qituvchilarni jalb etishni taqiqlashni so‘radi, “Gazeta.uz”da esa Prezidentning joylarga tashrifi mahalliy hokimlar uchun ko‘zbo‘yamachilik marosimiga aylanib qolayotganidan ogohlantirdi. Prezident oldida ko‘zbo‘yamachilik qilish, afsuski, yangilik emas.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev eksport-import masalasiga bag‘ishlangan so‘nggi videoselektor yig‘ilishida eski yillarda qabul qilingan mahalliylashtirish dasturlarini tanqid qildi. Davlat rahbari 2017-yil davomida import qilingan kir yuvish kukunlari, atir sovunlar, qurilish materiallari, shokolad mahsulotlarining bir necha o‘n million dollarlik qiymatini tanqidga asos qilib ko‘rsatib, jumladan shunday dedi: “Bu holat o‘tgan yillarda qabul qilingan mahalliylashtirish dasturlarining hech qanday asoslarga ega emasligini, faqatgina ko‘zbo‘yamachilik va imtiyoz olish uchun xizmat qilganidan dalolat emasmi?”.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Fursati kelib, ehtimol, mahalliylashtirish dasturining boshqa kamchiliklari ham oshkor etilar, lekin kuni kecha eng yuqori minbardan turib aytilgan kamchilik — balki buni illat deyish kerakdir? — nafaqat mahalliylashtirish dasturida, balki hayotimizning boshqa jabhalarida ham asosiy, chamamda. Masalan, maktab va oliygohlarning faoliyati go‘yoki “komissiyadan komissiyagacha” yo‘lga qo‘yilgan — komissiya tashrif buyuradigan kuni hammadan formada kelish va odobli bo‘lish so‘raladi. Yoki bir asr avval ham jadidchi bobolarimizning tanqid nishoni bo‘lgan va oradan 100 qovun pishig‘i o‘tsa-da o‘zgarmagan to‘ylarimizni olaylik — o‘zimizga kelganida bu tomoshalarni “orzu-havas” deb niqoblaymiz (o‘nlab yurtdoshlarimizning aksariyati shu orzu, shu havas yo‘lida shahid bo‘lgani bir kun ham saboq bo‘lmaydi), televideniyedagi dabdabali tok-shoularga taklif qilib qolishsa, bu tantanalarni “xo‘jako‘rsin”ga uyushtirilishini aytishdan uyalmaymiz.

    Xullas, 1787-yili rus imperatritsasi Yekaterina II bir necha yil avval Usmonli saltanatidan bosib olingan Ukraina janubi va Qrimni tomosha qilish uchun sayohatga chiqadi. Bu tashrifga Qrimning rossiyalik fotihi knyaz Grigoriy Potyomkin katta tayyorgarlik ko‘radi — rostdan ham butun boshli shaharlar, uzundan-uzoq yo‘llar quriladi. Biroq, afsonalarga ko‘ra, knyaz vaqtida hamma ishlarga ham ulgurmaydi va ko‘zbo‘yamachilikka qo‘l uradi — qirolicha yuradigan yo‘ldan uzoqda, biroq ko‘zga ko‘rinarli masofada soxta, dekorativ qishloqlar quriladi (“chiziladi”, deyilsa ham to‘g‘ri), uzoq-uzoqlardan bechora dehqonlar olib kelinib, xuddi shu qishloqlarning ahlidek ko‘rsatiladi. Imperatritsa yaqindagina biyobon bo‘lib yotgan joylarning “bugun obod, farovon yurt”ga aylanganini ko‘rib, juda quvonadi va knyazni faxriy unvoni bilan taqdirlaydi. Knyazning o‘z davri uchun innovatsion yolg‘onini esa kelajak avlod “Potyomkin qishloqlari” degan nom bilan fanga kiritadi.

    Hozir bunday “qishloqlar”ni Toshkentdan ham topish mumkin: tunuka devor bilan ko‘zdan pana qilingan eski mahallalar, archalarning surati tushirilgan banner ortiga yashirilgan qurilish maydonlari, sathni xuddi g‘isht terilgandek qilib ko‘rsatadigan surat bilan to‘ldirilgan bozor panjaralari, uzoqdan qarasa derazasi bordek, yaqinroq kelganda esa aslida surat ekani oydinlashadigan chala qurilgan binolarni ko‘rgan chiqarsiz. Mana shularning deyarli bari aksariyat hollarda rahbarlarni chalg‘itish uchun vaqt, kuch va mablag‘ sarflanib quriladigan “Potyomkin qishloqlari”dir. Prezident aytganidek, ko‘zbo‘yamachilik.

    Toshkentning Samarqand Darvoza ko‘chasi.

    Toshkentning Samarqand Darvoza ko‘chasi.
    Foto: Muhrim A’zamxo‘jayev (arxiv)

    Bir necha kun avval “Troll.uz” loyihasi Farg‘onadagi binolar tomining faqat yo‘lga qaragan qismi bo‘yalganiga doir suratlarni e’lon qildi. Loyiha muallifi avvalroq Buxoroning Afrosiyob ko‘chasi yoqasidagi ko‘p qavatli imoratlarning tomlari ham shunday bo‘yalganini yozgan. “Faqat Prezident uchun bo‘yalgan tomlar. Hammayoqda #xo‘jako‘rsin”, — deb achchiqlangandi “Troll.uz” loyihasi muallifi. Bu yakkam-dukkam holatlar emas. Shunga o‘xshash — katta yo‘l bo‘yidagi binolarning faqat yo‘lga qaragan qismi ta’mirlanishi, yo‘llarning faqat rahbarlar o‘tadigan bo‘laklari tartibga keltirilishi kabi voqealar haqida avval ham ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p chiqishlar qilingan.

    Farg‘onadagi tomining faqat yo‘lga qaragan qismi bo‘yalgan bino.

    Farg‘onadagi tomining faqat yo‘lga qaragan qismi bo‘yalgan bino.
    Foto: Telegram / @troll_uz

    Boshqa bir misol. Prezident Shavkat Mirziyoyev yanvar oyida Qashqadaryo viloyatiga safari vaqti issiqxonalarda limon va unabi yetishtirish loyihalari bilan tanishgan edi. Oradan bir oy o‘tib, “Kun.uz” saytida Qashqadaryodagi tashlandiq bir issiqxona videosi e’lon qilindi. Sayt tahririyatining hudud aholisiga asoslanib yozishicha, Prezidentning Qashqadaryoga tashrifi arafasida viloyatdagi yo‘l yoqalarida “qo‘lbola issiqxonalar” qurilgan, endi esa qarovsiz yotibdi. “Xo‘jako‘rsinga, buning ustiga vaqt, mablag‘ va kuch sarflab barpo qilingan bu issiqxonalarda limon ko‘chatlari qovjiray boshlagan”, — deb yozadi sayt.

    Chilonzor-6 dahasida faqat Prezident korteji o‘tgan vaqtdagina ishlagan bolalar maydonchasi — yanvar oyida ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p muhokama qilingan voqealardan biri. Toshkent viloyatiga yo‘l olgan Prezident korteji Chilonzordan o‘tgan. “Xabar.uz”ning yozishicha, avtokarvon aynan qaysi yo‘ldan yurishi ma’lum bo‘lgach, mutasaddilar “zudlik bilan atrofni obodonlashtirishga, shu paytgacha bajarilmagan ishlarni xaspo‘shlashga uringan, katta yo‘l yoqasida sun’iy bolalar maydonchasi qurilib, sport anjomlari o‘rnatilgan; ishlar nomiga, Prezidentning ko‘ziga chiroyli ko‘rinishi uchun qilingan”. 5-yanvar kuni loy ustiga “qurilgan” bolalar maydonchasi 7-yanvar kuni yig‘ishtirib olingan...

    Chilonzor-6 dagi vaqtinchalik bolalar maydonchasini yig‘ishtirib ketish.

    Chilonzor-6 dagi vaqtinchalik bolalar maydonchasini yig‘ishtirib ketish.
    Foto: “Xabar.uz”, 2018-yil, yanvar

    Bu — 2018-yilning atigi ikki oyida “internetga chiqib ketgan”, jamoatchilik tomonidan muhokama qilingan, yuzadagi ko‘zbo‘yamachiliklarning ayrimlari, xolos. Shuning o‘ziyoq qo‘rqinchli. Shunisi qo‘rqinchliki, mutasaddilar xalqni emas, “Xalqning ishonchini qozonish uchun tinim bilmay ishlaylik!” deb harakat qilayotgan Prezident oldida ham ko‘zbo‘yamachilik qilishdan qo‘rqmayapti. Yoki... qo‘rqqanidan shunday qilyaptimikin?

    Yechim qayerdadir shu oraliqda bo‘lsa kerak.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    01.03.2018, 13:43   Izoh (0)   108472
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barselona” asosiy e’tiborini Reshford transferiga qaratadi

    Sport | 12 iyul, 10:35

    O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 10:25

    Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi

    Dunyo | 12 iyul, 10:06

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.