Buyuk Britaniya Sharqiy O‘rtayer dengiziga Sentinel R1 (ASTOR) havo razvedkasi va zarbalar berishni boshqarish samolyotini yubordi. Bu haqda aviatsiya resurslarining monitoring ma’lumotlariga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Samolyot 12-aprel, payshanba kuni Uoddington aviabazasidan parvoz qilgan.
12-aprel kechqurun bort raqami ZJ690 bo‘lgan razvedka samolyoti Gretsiyaning Krit orolidan sharqda qayd etilgan. U Britaniyaning Akrotiri aviabazasiga qo‘nishi yoki Suriya sohillariga parvoz qilishi hozircha noma’lum.
Avvalroq Suriyada kuch operatsiyalari boshlangan taqdirda Buyuk Britaniya HHK samolyotlari Kiprdagi Akrotiri harbiy bazasidan zarbalar berishi xabar qilingan edi.
Izoh (0)