Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroning uyidan salkam ikki kilogramm marixuana topildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
4-aprel kuni Yangiyo‘l shahrida viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar natijasida Ramadon mahallasida yashovchi (ism-familiyalar o‘zgartirilgan), 1976-yilda tug‘ilgan K. Salimovning omborxona va oshxonasidan 1 kilogramm 716,8 gramm marixuana giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olindi. Bu haqda
Holat yuzasidan ayblanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)