Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 8-sentabrdagi 704-son qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Hukumat qarori (VMQ–273, 06.04.2018-y.) qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.

Foto: “Chamber.uz”

Foto: “Chamber.uz”

O‘zgartirishlarga asosan, endilikda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining tavsiyalari asosida yosh tadbirkorlar tashabbus bilan chiqqan loyihalarni amalga oshirishga — banklarning xarajatlarini qoplash uchun 3 foizli stavka miqdorida kompensatsiya beriladi.

Bundan tashqari, kafillik berish bo‘yicha Jamg‘arma xizmatlari pulli hisoblanishi, Jamg‘armaning kafilligi berilganligi uchun kichik tadbirkorlik subyektlaridan milliy valyutada kafolat summasining bir foizi miqdorida bir martalik vositachilik haqi undirilishi belgilandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi