10-aprel kuni Microsoft kompaniyasi mahalliy kompaniyalarning qo‘llab-quvvatlashi yordamida O‘zbekistonda birinchi marotaba qizlar salohiyatini oshirish va ularni texnologiyalar sohasiga jalb etishga qaratilgan DigiGirlz ta’lim dasturini o‘tkazdi. Bu haqda Toshkent shahridagi Inha universiteti ma’lum qildi.
DigiGirlz — Microsoft korporatsiyasining qizlar uchun ilm-fan, texnologiya, muhandislik ishi va matematika sohalarida ta’limga investitsiya dasturi. Dastur global iqtisodiyotning chaqiruvi va muammolariga tayyor bo‘lgan kelajak xodimlarini tayyorlash uchun mo‘ljallangan.
Tadbirda 12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 60 nafar qiz qatnashdi. Dastur yosh qizlarga texnologiya sohasi va yangi innovatsiyalar bilan tanishish imkonini berdi.
Ta’lim dasturi yakunlari bo‘yicha barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. Eng faol to‘qqiz ishtirokchi tadbir doirasida o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Izoh (0)