Suriyaning Duma shahrida 500 kishi kimyoviy hujum oqibatida zaharlangan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlari olib borgan tekshirishlar natijasida ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi EADaily.
Tashkilot ma’lumotlariga qaraganda, 7-aprelga o‘tar kechasi uyushtirilgan kimyoviy hujum oqibatida 70 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Ularning aksariyati yerto‘lalarda yashiringan edi.
Izoh (0)