Samarqand shahrida “Ertaklar olami”, “Umka N”, “Asalina Go‘zalina” hamda Advantage Smart Kids nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Prezidentning 2017-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida tashkil etilgan muassasalarda yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash uchun barcha sharoit yaratilgan.
“Shahrimizda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar soni 37 ming 542 nafar, — deydi shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Z. Nuriddinov. — Ayni paytda ularning 22 ming nafardan ortig‘i maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olingan. Bu, o‘z navbatida, shahrimizda uzluksiz ta’limning mazkur bosqichini rivojlantirishni taqozo etadi. Shu bois joriy yil davomida hududda 50 ta davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qurilib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan”.
Izoh (0)