Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg AQSh Kongressida shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalasi bo‘yicha eshituvlarda chiqish qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 27-mart kuni CNN telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Telekanalning ijtimoiy tarmoqdagi suhbatdoshlari Sukerberg bir necha hafta ichida Kongressda ko‘rsatma berishiga to‘g‘ri kelishi haqidagi xulosaga kelganligini ma’lum qilgan. Hozirgi paytda kompaniya ijtimoiy tarmoq asoschisining Kongressdagi chiqishi rejasini ishlab chiqmoqda.
Shu vaqt mobaynida Senat yuridik qo‘mitasi raisi Chak Grassli Sukerberg, Google kompaniyasi bosh direktori Sundar Pichai va Twitter rahbari Jek Dorsiga shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishga bag‘ishlangan 10-aprel kungi eshituvlarga taklif yubordi.
Izoh (0)