O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov KONKAKAF Chempionlar ligasi doirasida “Amerika FK” (Meksika) va “Toronto” (Kanada) jamoalari o‘rtasidagi yarim final uchrashuvini boshqarib boradi, deb xabar beradi PFL rasmiy sayti.
Mazkur bellashuvda Ravshan Ermatovga doimgidek qanot hakamlari — Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam beradi.
Aslida Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar 3-aprel sanasida Osiyo Chempionlar ligasi doirasida “Shanghay Shenhua” (Xitoy) — “Kashima Antlers” (Yaponiya) uchrashuvini boshqarishi kerak bo‘lgan, ammo bu tayinlov FIFA tomonidan o‘zgartirilgan.
Ma’lumot o‘rnida Ravshan Ermatov JCh-2018 ni boshqarishi mumkin bo‘lgan hakamlar qatorida bo‘lib, yakuniy ro‘yxat tez orada e’lon qilinadi.
Izoh (0)