Kanadaning Air Canada aviakompaniyasi yo‘lovchi samolyoti kabinasi tutay boshlaganligi sababli Vashingtonning Dalles nomidagi xalqaro aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda 25-mart kuni CTV telekanali xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
Bort Torontodan Vashingtonga yo‘l olgan edi, biroq boshqa aeroport — Reygan nomidagi aeroportga qo‘nishi kerak edi. Samolyotda 63 nafar yo‘lovchi va to‘rt nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Ular uchish-qo‘nish yo‘lagida avariya chiqish yo‘li orqali samolyotni tark etgan. Hech kim jabrlanmagan.
Vashington aeroportlari boshqarmasi vakilining ma’lum qilishicha, hodisa boshqa reyslarning kechikishi yoki bekor qilinishiga sabab bo‘lmagan.
Izoh (0)