Garvard universiteti olimlari ochiq olovda tayyorlangan go‘sht gipertoniya (qon bosimining oshib ketishi) rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin deb hisoblaydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Garvard universiteti maktabda ovqatlanish bo‘limi xodimi Gang Liu va uning hamkasblari 100 mingga yaqin odamni o‘rgandi. Ular 12 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan davrda kuzatib borilgan. Ushbu davr boshida ishtirokchilarning hech birida yuqori qon bosimi, diabet, yurak-qon tomir xastaliklari yoki saraton bo‘lmagan.
Olimlar ochiq olovda yuqori haroratlarda tayyorlangan go‘shtni oyda 15 martadan ko‘p iste’mol qilgan va uni haftada to‘rt marta yoki undan kamroq tanovul qilganlarni taqqosladi. Birinchi guruhda yuqori qon bosimi tahdidi 17 foizga ortiq ekanligi aniqlandi.
Tadqiqot oxiriga kelib 37 mingdan ortiq odam yuqori qon bosimidan aziyat chekkan.
Izoh (0)