Tesla Motors asoschisi Ilon Mask kompaniya aksiyadorlari tomonidan o‘n yil muddatga qat’iy belgilangan maoshdan mahrum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Maosh o‘rniga Mask aksiya opsionlarini oladi. Opsion 12 qismga bo‘lingan bo‘lib, ularning har biri aksiyalarning 1 foizini tashkil etadi. Joriy narx-navoga ko‘ra opsion 2,6 milliard dollarni tashkil etadi.
Opsionga egalik qilish uchun Tesla’ning o‘n yillik rejasida ko‘zda tutilgan natijalarga erishish talab etiladi.
Barcha natijalarga erishilgan taqdirda Mask o‘n yil ichida 50 milliard dollar oladi.
Izoh (0)