Samarqand viloyatining shu nomli tumanida shifokor qotillikka qo‘l urdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
“Samarqand tumanida 21-mart kuni soat 23:30 larda Zaxlik mahallasida yashovchi, RShTYoIM Samarqand viloyati filiali shifokori, 1974-yilda tug‘ilgan M. Eshonqulov uyi oldida o‘zaro janjal oqibatida Navbog‘ mahallasida yashagan, 1965-yilda tug‘ilgan M. Hojiyevning ko‘krak va qorin qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan”, — deyiladi xabarda.
M. Hojiyev kasalxonaga olib ketilayotganida vafot etgan. M. Eshonqulov qo‘lga olingan.
Izoh (0)