Meksikaning Akapulko shahrida qurollargan shaxslar uchta maktabga hujum uyushtirdi. Bu haqda Meksikaning Quadratin agentligiga tayanib, “Vesti.ru” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, hujumda olti kishi ishtirok etgan. Hujum uyushtirilgan maktablardan biridagi o‘quvchilarning mobil telefonlari olib qo‘yilgan, shuningdek, sochlari qirqib tashlangan. Favqulodda holat sababli ta’lim muassasalarining ishi vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilgan. Hozircha jarohat olganlar haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.
2017-yil hisob-kitoblariga ko‘ra, Akapulko dunyodagi eng xavfli shaharlar ro‘yxatida 3-o‘rinda turadi. Ushbu shaharda har 100 mingta aholining o‘ldirilib ketilish darajasi 106 ga teng.
Izoh (0)