Fransiya rasmiylari Parij yaqinidagi Lyuzinyi-syur-Bars turistik shaharchasidagi novvoyxona egasi Sedrik Vevrni uch ming yevro jarimaga tortdi. Bu haqda CNN xabar berdi, deb yozadi DailyAfisha.
Novvoy haftada yetti kun ishlaganligi uchun jarimaga tortilgan.
Yozgi mavsumda Vevr novvoyxona egalarining haftada hech bo‘lmaganda bir marta dam olishini ko‘zda tutuvchi amaldagi qonunchilikka qaramasdan dam olish kunisiz ishlagan. Vevr o‘z ishini yaxsh ko‘rishi va sud qaroriga qo‘shilmasligi ma’lum qilingan.
Lyuzinyi-syur-Bars shaharchasi aholisi kichik biznes egalarining dam olish majburiyatini belgilagan qonunni bekor qilinishi uchun allaqachon uch mingta imzo to‘plagan. Mehnat inspeksiyasi novvoyxonalar xodimlarini alohida nazorat qiladi. Chunki ular juda tez-tez belgilangandan ortiq mehnat qiladi.
Izoh (0)