Malayziyalik Abu Zarin Xussin kobralardan bo‘sa olishi bilan butun dunyoga tanilgan edi, deb yozadi TJournal.
U uyida saqlayotgan uchta kobrasidan bo‘sa olganidan so‘ng ikki marta komaga tushib qolgan. Ammo shundan so‘ng ham uning ilonlarga qiziqishi pasaymadi.
Abu o‘t o‘chirish xizmatida ishlar, uning vazifasi uylariga ilon kirib qolgan mahalliy aholi vakillariga yordam berish edi.
Abuning so‘nggi xizmat vazifasi uning hayotiga yakun yasadi. 33 yoshli ilon tutuvchi kobra chaqqanidan so‘ng vafot etdi. Shifokorlar uning hayotini saqlab qolishga urindi, biroq buning uddasidan chiqolmadi.
Izoh (0)